Gavi «Barselona» muxlislariga murojaat qildi
«Barselona» yarimhimoyachisi Gavi ijtimoiy tarmoqlarda yangi post joyladi. U unda 2025 yil yakunlarini sarhisob qildi va kataloniyalar muxlislariga murojaat qildi.
«Bu men uchun ajoyib yil bo‘ldi. O‘zim oldimga qo‘ygan ko‘plab maqsadlarga erisha oldim. Barchaga sog‘liq tilayman va dunyoning eng yaxshi klubida hayotdan zavqlanishda davom etaman degan umiddaman!» — deb yozdi Gavi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum La Ligada Gavi «Barselona» safida atigi ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Ispaniyalik futbolchi chempionatning katta qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi. Uning asosiy tarkibga qaytishi taxminan 2026 yil fevral oyiga rejalashtirilgan.
Shuningdek, Gavi Transfermarkt’ning so‘nggi yangilanishida La Liganing eng ko‘p qiymatini yo‘qotgan futbolchilaridan biriga aylandi. U 20 mln yevroga arzonlashdi va hozirda 40 mln yevroga baholanmoqda.