locale OZ

Gasperini: «Shomurodovni yo‘qotganimizdan soʻng, hujum chizigʻi ustida ishlashni so‘ragandim, afsuski bu talabim qondirilmadi»

«Roma» bosh murabbiyi jamoaning transfer siyosati haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gasperini: «Shomurodovni yo‘qotganimizdan soʻng, hujum chizigʻi ustida ishlashni so‘ragandim, afsuski bu talabim qondirilmadi»
FOTO: Getty Images

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Italiya A Seriyasining 32-turidan o‘rin olgan «Piza»ga qarshi o‘yindan (3:0) so‘ng, Rim klubining transfer siyosatidan norozi ekanligini bildirdi.

«Transfer bozorida men klubga o‘zim tanimagan ismlarni tanlashda erkinlik berdim. Men so‘ragan futbolchilardan yozda faqat bir nafari (Uesli Fransa) keldi. Shomurodov va Salemakersni yo‘qotganimizdan so‘ng, hujum chizig‘i ustida ishlashni so‘ragan edim. Hujumni kuchaytirish hal qiluvchi palla edi va men doim shu zona darajasini oshirishni talab qildim. Afsuski, bu amalga oshmadi va bu ayrim muammolarga sabab bo‘ldi.

Biroq Ranyeri (klub maslahatchisi) bilan hech qachon muammom bo‘lmagan; bu masalada bizning fikrimiz bir joydan chiqadi deb o‘ylagandim. Mendan avval tanlangan uchta murabbiy? Bu klublar uchun odatiy hol. Men faqat o‘z tanlovimdan mamnun ekanimni ayta olaman. Hozir oldimizda faqat bitta yo‘l bor, 6 ta o‘yin qoldi. Men klubda nimadir hal qilishim shart emas, bor e’tiborimni juda kuchli jamoa bo‘lgan «Atalanta»ga qarshi o‘yinga qaratishim kerak», — deya Gasperinining so‘zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.

Ayni damda « Roma» Italiya chempionati turnir jadvalida 32 o‘yindan so‘ng 57 ochko jamlagan holda oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting