locale OZ

Gasperini \"Roma\" ustozi bo‘lish arafasida

Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gasperini "Roma" ustozi bo‘lish arafasida
Photo: Getty Images

“Atalanta” bosh murabbiyi Jan-Pyero Gasperini “Roma”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Gasperini va “Roma” o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Tomonlar deyarli kelishuvga erishgan.

Avvalroq, Gasperini "Atalanta" bilan kelajakni muhokama qilish uchun tanaffus qilgandi. 67 yoshli mutaxassisning o‘zi “bo‘rilar"ni boshqarishni istamoqda.

Jan-Pyero Gasperini 2016 yil yozidan buyon "Atalanta" bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.

Yakunlangan mavsumda klub A Seriyada 3-o‘rinni egalladi. Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting