Gasperini inqilobni boshlashga tayyor. “Roma”ning yangi mavsumi qanday ko'rinishda bo'ladi?


Gasperini inqilobni boshlashga tayyor, agar shunday bo'lsa “Roma”ning yangi mavsumi qanday ko'rinishda bo'ladi? Rimning “Roma” klubi tarkibda to'rt-besh futbolchini o'zgartirishni oldindan so'rab “bo'rilar” bosh murabbiyiga aylangan “Atalanta”ning sobiq ustozi Jan-Pero Gasperini bilan birgalikda yangi mavsumni boshlashi allaqachon ma'lum bo'lib ulgurdi. Gisolfi janoblari yangi mutaxassisning o'yin uslubiga mos tushadigan futbolchilarni sotib olishda juda ham xushyor hamda oqilona yurishlarni amalga oshirishi kerak bo'ladi.

Darvoza chizig'i:
Yozda bajarilishi shart bo'lgan dastlabki katta say-harakatlardan biri sifatida Mil Svilar bilan shartnomani yangilashni ko'rsatish mumkin. Ranerining aralashuvi tufayli tomonlar murakkab haftalardan so'ng oq tutundan bir qadam uzoqlashdi. Ya'ni, “Roma” uch million va qo'shimcha ikki yuz ming yevro, jami uch million ikki yuz ming yevro miqdordagi summani likopcha ustiga qo'ydi. Keyingi hafta so'nggi detallar kelishib olinadi. Yaqinda agentini o'zgartirgan Gollini klubni tark etmoqda. Arab jamoalari darvozabonga aloqaga chiqishgan. “Sariq va qizillar”ning ikkinchi darvozaboni vazifasini Montipo amallashga harakat qilib ko'radi. Uchinchi qo'riqchi Zelezni bo'lishi kutilmoqda. Pol “Yuventus”dan kelgan hamda u PSJ bilan shartnoma imzolagan Marinning o'rnini egallaydi.
Himoya chizig'i:
Himoya chizig'ida kichik o'zgarishlar yuz beradi. “Bo'rilar” Nelson va Hummels bilan xayrlashib bo'ldi, biroq ijaradan qaytayotgan Hermoso hamda Kumbulla kabi futbolchilar ham xayr deyishga tayyor turishi kerak. Chunki har ikkovi ham murabbiyning rejalariga kirmaydi. Manchini va Ndikaga tegilmaydi. Anjelino bilan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyin Saudiya Arabistonining “Al-Hilol”i muzokaralar o'tkazishga qaytishi mumkin. “Roma” De Kuyper hamda Gosensdan foydalanishi mumkin, ammo ular ham Saudiya va “Seltik” tomonlarga ketib qolish ehtimoli yo'q emas.
Yarim himoya chizig'i:
Gasperini yana Kone-Kristante juftligidan foydalanishi mumkin. Birinchisi murabbiyning o'yin uslubiga tushadigan mukammal futbolchi, ikkinchisi esa sadoqatli va aksiga olib uning “Komo” klubiga transfer qilib yuborilishi ham bloklab qo'yilgan. Peredes ketayotgan bir paytda, Pisilli sotib yuborilmaydi. “Boka” 3.5 million yevro atrofida pul to'laydi. Markazga “Brayton”futbolchisini olib kelish maqullangan. Pellegrini jarohati tufayli sotilmaydi va Gian Piero Giallorossi sardorini jonlantirishga harakat qiladi.
Hujum chizig'i:
Hujum chizig'i qanday ko'rinishda bo'lishi haqidagi “Roma”ning har bir qarori biz uchun ham qiziqarli bo'lishi turgan gap. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov “sariq va qizillar” safida yangi mavsumni boshlaydimi, yoki yo'qmi bunisi hozircha bizga qorong'u. Rimliklarning hujum chizig'ida tartibsizlik hukmronlik qilmoqda. Abraham Mourinyoning “Fenerbaxche”siga ko'chib o'tadi. “Everton” ham sobiq futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. Eldor Shomurodov va Dovbikka “borilar” narx belgilaydi. Ukrainalik hujumchi hozircha boshqa klublardan katta chaqiruvlarni olgani yo'q. Eldor esa yangi murabbiyga moslashishni xohlaydi. Bu vaziyat Krstovichga yoqadi, chunki Scamacca g'oyasi hali amalga oshmagan. Lukka “Napoli”ga o'tishga yaqin. Matias hamda El Shaaravi “Roma”da qolishadi. Ammo, Gasperini 3-4-3 uchun chap qanotda o'zgarish qilishi kutmoqda. Baldanzi ("Udineze" va "Torino"ga yoqadi) Gaspni ishontirmoqchi. Yaqin haftalarda "Roma" va Dibala o'rtasida shartnomani uzaytirish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bir necha kun oldin O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan sardorimiz Eldor Shomurodov ayni paytda to'p surayotgan jamoasining yaqin kelajakdagi rejalari haqida bilganlarimiz hozircha shular. Bularning barchasi o'rganishlar natijasida yozilganlar halos. Hayotda qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Hozircha klublar o'rtasidagi Jahon chempionati barchaning diqqat-e'tiborini tortib turadi. Ushbu turnirdan so'ng, kim biladi deysiz, balki dunyoning turli hududlaridan kelgan jamoalardan Yevropaning grandlarida ko'rishimiz mumkin bo'lgan yangi nomlar paydo bo'lib qolar. Shomurodovga ega “Roma”dagi kurashda omad tilaymiz. 14 raqam egasining kelasi yilgi mundialga yuqori sport formasi bilan yetib borishi biz o'zbek xalqi uchun juda ham muhim. Terma jamoamiz haqida hali ko'p gaplashamiz. “Roma”da esa, mana shunday vaziyat.

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19