locale OZ

Gasperini A Seriyada 1000 ochko toʻplagan uchinchi murabbiyga aylandi

«Roma» Italiya chempionatining 19-turida safarda «Lechche»ni magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gasperini A Seriyada 1000 ochko toʻplagan uchinchi murabbiyga aylandi
FOTO: Getty Images

«Roma» bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini A Seriyada 1000 ochko to‘plagan uchinchi murabbiyga aylandi.

Italiya chempionatining 19-turida rimliklar safarda «Lechche»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Lechche shahridagi «Via del Mare» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Opta Sport ma’lumotiga ko‘ra, g‘alaba uchun 3 ochko beriladigan tizim (1994/1995 mavsumidan beri) joriy etilgandan buyon 1000 ochko marrasiga Gasperinigacha faqat ikki murabbiy yetib kelgan: Luchano Spalletti («Yuventus»), Massimiliano Allegri («Milan»)

Gasperini 2025 yil yozidan beri «Roma»ni boshqarib kelmoqda. Hozirda jamoa 19 ta o‘yindan so‘ng 36 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Xuddi shuncha ochko — «Yuventus»da ham bor.

Yetakchi jamoalardan 3 ochko ortda, biroq «Inter», «Milan» va «Napoli»ning 2 tadan o‘yini zaxirada.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting