Garsiya «Fulhem»da Ronaldu bilan birga o‘ynashni istaydi
Garsiya o‘tgan yozda «Real»dan «Fulham»ga 40 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.
ФОТО: Getty images
«Fulhem» hujumchisi Gonsalo Garsiya Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynashni xohlashini bildirdi.
Biroq ispaniyalik futbolchi hozircha Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmayapti. U o‘zining portugaliyalik qahramoni Krishtianu Ronalduni «Kreyven Kottej» stadionida ko‘rishni istamoqda.
— «Fulhem»ga qaysi futbolchini transfer qilgan bo‘lardingiz?
— Bu juda oson. Krishtianu Ronaldu, — dedi 22 yoshli futbolchi. Uning javobini Madrid Xtra keltirdi.
Gonsalo Garsiya o‘tgan yozda Madridning «Real» klubidan «Fulhem»ga 40 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. «Qirollik klubi»ning sobiq hujumchisi London jamoasi safida yettita uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta gol urgan.