Garsiya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
O'yinchining «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
«Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Grem Beyli xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «Nyukasl» 22 yoshli futbolchini o'z transfer maqsadi sifatida belgilab olgan.
«Qarg'alar» hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va kelayotgan mavsumlar oralig'ida «qaymoqranglilar»ga ispaniyalik futbolchi bo'yicha taklif bilan chiqishlari mumkin.
Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, yosh hujumchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi. O'yinchining «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist