locale OZ

Garnacho — «Chelsi» futbolchisi (Romano)

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Garnacho — «Chelsi» futbolchisi (Romano)
Фото: Getty Images

Alejandro Garnacho "Manchester Yunayted"dan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tmoqda. Bu haqda Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikki klub 21 yoshli argentinalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan.

"Aristokratlar" argentinalik vingerning xaridi uchun umumiy 40 million yevro sarflamoqda.

Garnacho tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga yetib boradi va shundan so‘ng shartnoma imzolanadi.

Qayd etilishicha, u yangi jamoasi bilan 7 yillik bitim imzolashi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Garnacho APL-2024/25 mavsumida 36 o‘yinda 6 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting