locale OZ

Garnacho \"An-Nasr\" taklifini rad etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Garnacho "An-Nasr" taklifini rad etdi
Photo: Getty Images

“Manchester United” vingeri Alejandro Garnacho “An-Nasr”ning taklifini rad etdi, deya xabar beradi insayder Mike McGrath.

Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchiga Cristiano Ronaldo to'p surayotgan “An-Nasr” klubi jiddiy qiziqish bildirgandi. Biroq u Angliya Premer-ligasidagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.

Garnachoning “qizil iblislar” bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.

O'tgan mavsumda u 58 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 10 ta assist amalga oshirdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting