Gari O'Nil katta ehtimol bilan «Ipsvich Taun» bosh murabbiyiga aylanadi
Fransiyaning «Strasburg» klubi bosh murabbiyi Gari O'Nil yaqin orada faoliyatini «Ipsvich Taun»da davom ettirishi kutilmoqda. Bu haqda The Athletic nashri nufuzli insayderi David Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Angliya klubining ingliz mutaxassisi bilan hamkorlik borasidagi muzokaralari yakuniy bosqichga kelgan. O'Nil muqaddam Premyer-ligada «Bornmut» va «Vulverxempton» klublarida bosh murabbiy sifatida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Safolk grafligi jamoasini avvalroq Kiran Makkenna boshqarayotgan edi. U ortda qolgan mavsum yakunlariga ko‘ra jamoani Angliya Premyer-ligasiga olib chiqdi va shundan so‘ng faoliyatida tanaffus qilishni istab, klubni tark etdi.
Ma’lumot o‘rnida, «Ipsvich Taun» o‘z tarixi davomida Angliya Kubogi hamda UEFA Kubogi (hozirgi Yevropa Ligasi) kabi nufuzli sovronlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.