Gari Nevill: «Tuxelga bosim bo‘lishi tabiiy»
«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning jahon chempionati–2026 yarim finalida Argentinaga 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyingi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Men uning kelajagi haqida o‘ylamayapman. Unga bo‘layotgan bosim to‘liq asosli. Tuxel muvaffaqiyatga o‘z uslubi orqali erishishga harakat qildi.
Ko‘pchilik uning bu o‘yinga yondashuvini ma’qullamaydi. Uni tanqid qilishadi, chunki aynan keskin pallalarda o‘yin taqdirini o‘zgartira oladigan murabbiy sifatida taklif qilingan edi. Uni shu vazifani bajarishi uchun olib kelishdi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi. Shu sababli unga nisbatan bosim kuchayadi.
Lekin men Angliya bu turnirda chempion bo‘lishini hech qachon kutmaganman. Menimcha, eng katta muammomiz — hal qiluvchi uchrashuvlarda va eng mas’uliyatli vaziyatlarda to‘pni nazorat qila olmasligimiz. Bu Angliya futbolida ko‘p yillardan beri davom etayotgan muammo», — dedi Nevill Sky Sports nashriga bergan intervyusida.