locale OZ

Gari Nevill: “Manchester City”ga bundan yaxshirog‘i kerak

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevill “Manchester City” futbolchilari — o‘zbekistonlik Abduqodir Husonov va ispaniyalik Niko Gonsales haqida tanqidiy fikr bildirdi.

— Pep Guardiolaning uslubi shundaki, yangi futbolchilar jamoaga moslashishda avval boshda qiynaladi, keyingi mavsumda esa to‘liq moslashib, yaxshilanadi. Balki Gonsales va Husonov bilan ham shunday bo‘lar. Ammo men ularga qarab, “yo‘q, ular hali juda uzoqda”, deb o‘yladim.

Omar Marmush esa jamoaga darrov moslashganga o‘xshadi va u albatta xavf tug‘dira oladigan futbolchi. Lekin Gonsales va Husonov haqida menda boshqa fikr paydo bo‘ldi: “Agar City yana yuqori pog‘onaga qaytishni istasa, unda yaxshiroq futbolchilar kerak bo‘ladi”.

Agar “City” shunday o‘yinchilarni qo‘shishda davom etsa, menimcha, raqib klublar hozircha undan qo‘rqmaydi. Ular yosh va istiqbolli, lekin o‘z o‘yinini topishi uchun ancha vaqt kerak bo‘ladi, — dedi Nevill Overlap US podkastida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting