locale OZ

Gari Nevill JCh-2026 g‘olibligi uchun asosiy da’vogarni aytdi

Uning fikricha, sovrin Yevropaga yo‘l oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gari Nevill JCh-2026 g‘olibligi uchun asosiy da’vogarni aytdi
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill jahon chempionati — 2026 g‘olibligi uchun asosiy da’vogarni aytdi.

"O‘ylashimcha, Frantsiya g‘alaba qozonadi. Ularning terma jamoasida to‘pni nazorat qilib turish uchun ajoyib jismoniy, psixologik va texnik imkoniyatlarga ega futbolchilar yig‘ilgan. Yana ular keskin qarshi hujumga o‘ta oladi. Ularning jamoasi boshqalarga qaraganda yaxshiroq moslashadi, shuning uchun ham men Frantsiya jahon chempioni bo‘ladi deb hisoblayman.

Men har doim Angliya terma jamoasiga ishonch bilan qarayman va g‘alaba qozonish uchun imkoniyatimiz borligini ta’kidlayman. Hozirgi jamoa mundial va Yevropa chempionatidagi zafarga qanchalik yaqin kela olishini allaqachon ko‘rsatdi. Ammo bu safar nimadir menga ancha qiyin bo‘lishini aytayotgandek", — deya Nevillning so‘zlarini keltiradi The Sun.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting