locale OZ

Gari Nevill: «Gvardiola, Donnarumma va Holand «Man Siti»ga APL chempionligini taqdim etishi mumkin»

Taniqli ekspert «shaharliklar»ning chempionlik poygasidagi imkoniyati haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gari Nevill: «Gvardiola, Donnarumma va Holand «Man Siti»ga APL chempionligini taqdim etishi mumkin»
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» afsonasi va taniqli ekspert Gari Nevill joriy mavsumda «Manchester Siti»ga Angliya Premyer-ligasida g‘alaba qozonish uchun kimlar yordam berishi mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Sky Sports nashriga bergan intervyusida mutaxassis jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholagan bo‘lsa-da, asosiy raqibga ham to‘xtalib o‘tdi.

Nevillning ta’kidlashicha, ayni damda «Arsenal» tarkib va o‘yin barqarorligi jihatidan chempionatning eng yaxshi jamoasi bo‘lib turibdi. Biroq ekspert Pep Gvardiola va uning yetakchi shogirdlarini hisobdan chiqarishga shoshilmaslik kerakligini uqtirdi. Uning fikricha, jamoaning muvaffaqiyati uchta asosiy shaxsga — darvozabon Janluiji Donnarumma, hujumchi Erling Holand va bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga bog‘liq. Gari Nevill aynan mana shu uchlik «shaharliklar»ga navbatdagi chempionlikni olib kelishi mumkin bo‘lgan hal qiluvchi kuch ekanligini alohida qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Angliya Premyer-ligasining 24-turidan so‘ng «Manchester Siti» 47 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. Nevillning e’tiroficha, garchi jamoa hozirda eng yaxshi futbolini namoyish etmayotgan bo‘lsa-da, murabbiy va yuqoridagi yulduz futbolchilarning salohiyati vaziyatni tubdan o‘zgartirishga qodir.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting