locale OZ

Garet Beyl Angliya jamoasini sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Garet Beyl Angliya jamoasini sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Garet Beyl Amerika kompaniyasi bilan birgalikda “Plimut” klubi aksiyalarini sotib olishi mumkin.

Uelslik yulduz jamoa aksiyalarini xarid qilish bo'yicha kelishuvda ishtirok etishi kutilmoqda.

Agar kelishuv muvaffaqiyatli yakunlansa, amerikaliklar Beylni klubni boshqaruvchi kompaniyaning yuzi sifatida namoyon etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Garet Beyl 2023-yilning yanvar oyida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U 9 yil davomida “Real” sharafini himoya qilgan va Madrid klubi bilan 5 marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting