locale OZ

Gandbol. Turkmaniston ham mag'lub etildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gandbol. Turkmaniston ham mag'lub etildi
PHOTO: Telegram

Pokistonning Faysalobod shahrida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 qizlar jamoalari o‘rtasida uyushtirilayotgan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III - Markaziy Osiyo bosqichi davom etmoqda.

Bugun O‘zbekiston U-19 va Turkmaniston U-19 terma jamoalari o‘zaro bellashdi. Aytish lozim, raqiblarimiz ham hamyurtlarimiz kabi mag‘lubiyatsiz kelayotgan bo‘lib, bu qarama-qarshilikni finalga qiyoslash mumkin edi.

Shu jihatdan, gandbolchi qizlarimiz o‘yinning muhimligidan ko‘ngildan his qilishdi. Tabiiyki, ularning sa’y-harakati besamar qolmadi. Vakilalarimiz 26:18 hisobida zafar quchishdi. Ertaga Tojikiston jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv natijasidan qat’iy nazar, jamoamiz muddatidan oldin IHF kubogining U-19 birinchiligi g‘olibligini qo‘lga kiritishdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting