Gana terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'l oldi
Gana terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Komor orollari terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdi va musobaqaning final bosqichiga yo'l oldi.
Gana jamoasi 10 turdan so'ng 25 ochko to'plab, "I" guruhida birinchi o'rinni egalladi.
Natijada Gana 5-bor mundialda qatnashadigan bo'ldi. Jamoa 2006 yilgi jahon chempionatida debyut qilgan va shundan beri faqat 2018 yilgi turnirni o'tkazib yubordi.
Shu tariqa, Gana Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan 21-jamoa bo'ldi. Avvalroq musobaqada ishtirok etish imkoniga ega bo'lgan jamoalar quyidagilar edi: Meksika, AQSh, Kanada (mezbon sifatida), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, O'zbekiston, Yangi Zelandiya, Argentina, Ekvador, Braziliya, Kolumbiya, Urugvay, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr va Jazoir.