locale OZ

Gallagher APLga qaytishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gallagher APLga qaytishga tayyor
Photo: Getty Images

"Atletiko" yarim himoyachisi Conor Gallagher APLga qaytishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli ingliz futbolchisiga "Nyukasl" da'vogarlik qilmoqda. Qayd etilishicha, Gallagher Madrid klubiga yangi futbolchilar kelganidan so'ng, kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi mumkin. "Nyukasl" bu transfer uchun 40 million yevro sarflashga tayyor.

Gallagher o'tgan mavsumda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting