locale OZ

«Galatasaroy» yarimhimoyachisi Noa Lang «Enfild»dagi bahsda og‘ir jarohat oldi

Futbolchi maydonni zambil yordamida tark etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaroy» yarimhimoyachisi Noa Lang «Enfild»dagi bahsda og‘ir jarohat oldi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi javob uchrashuvida (4:0) Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasi a’zosi Noa Lang barmog‘idan jiddiy jarohat oldi.

Uchrashuvning 75-daqiqasida Lang maydon chetidagi reklama shitiga urilib ketishi natijasida barmog‘iga shikast yetgan. Futbolchining jarohati kuchli qon ketishi bilan kuzatilgan va u bir muddat maydonda yotib qolgan. Yakunda shifokorlar uni zambil yordamida maydondan olib chiqib ketishgan.

Eslatib o‘tamiz, «Galatasaroy» pley-offning o‘tish bosqichida «Yuventus»ni (umumiy hisob 7:5) mag‘lub etib, ushbu bosqichga yetib kelgan edi. Joriy mavsumdagi Chempionlar ligasining final uchrashuvi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting