«Galatasaroy» va Saudiya Arabistoni klublari Balogunga qiziqmoqda
"Galatasaroy" hamda Saudiya Arabistonining bir nechta klubi "Monako" hujumchisi Folarin Balogunga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, hozircha tomonlar o'rtasida hech qanday muzokaralar o'tkazilmagan.
O'tgan mavsumda Balogun barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Monako" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli amerikalik hujumchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Avvalroq Balogunga Londondagi "Tottenhem" klubi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. "Shporlar" futbolchi transferi uchun "Monako"ga 60 million yevro taklif qilgan.