locale OZ

«Galatasaroy» va «Napoli» Osimhen borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaroy» va «Napoli» Osimhen borasida muzokaralarni davom ettirmoqda
Photo: Getty Images

Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimhen "Galatasaroy"da qolishga qaror qildi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, futbolchining transfer qiymati bo'yicha ikki klub o'zaro kelisha olmayapti. Natijada barcha muzokaralar bir muddat to'xtab qolgan edi.

Biroq yaqinda klublar o'rtasidagi muzokaralar yana qayta tiklandi.

Qayd etilishicha, "Napoli" 26 yoshli Osimhenning transferi bo'yicha "Galatasaroy"ga o'zi taklif yuborgan.

Viktor Osimhen o'tgan mavsum "Galatasaroy" safida ijara asosida to'p surgan edi. Ushbu davr mobaynida nigeriyalik hujumchi 41 ta o'yinda maydonga tushib, 37 ta gol urdi va jamoadoshlariga 8 ta golli pas berdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting