locale OZ

\"Galatasaroy\" Ter Shtegen uchun katta maosh taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Galatasaroy" Ter Shtegen uchun katta maosh taklif qildi
Photo: Getty Images

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Kataloniya klubini tark etishi mumkin.

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, Turkiyaning "Galatasaroy" klubi 33 yoshli germaniyalik posbonga jiddiy qiziqmoqda.

Turkiya klubi Ter Shtegen uchun "Barselona"dagidan ko‘ra ko‘proq maoshli 4 yillik shartnoma taklif qilgan. Biroq, "Galatasaroy" muhim shartni qo‘ydi – klub Ter Shtegenga faqat tekin transfer evaziga o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Ter Shtegen "Barselona"da 2014 yildan beri o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda darvozabon barcha turnirlarda 9ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol o‘tkazib yuborgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting