«Galatasaroy» Salohni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Salohnig klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.
Manbaga ko‘ra, “Galatasaroy” klubi misrlik 33 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, futbolchining o‘zi ham Turkiya chempionatiga o‘tishga qarshi emas. Bu qarorga uning “Galatasaroy” stadionidagi muxlislar muhitidan olgan taassurotlari katta ta’sir ko‘rsatgan, u yerdagi atmosfera Salohni juda ilhomlantirgani aytilmoqda.
Salohnig klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Salohning narxi 50 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist