«Galatasaroy» Rüdiger'ni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
32 yoshli himoyachining "qaymoqranglilar" bilan bitimi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.
ФОТО: Getty images
"Real" himoyachisi Antonio Rüdiger "Galatasaroy"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Fanatik nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomani uzaytirish masalasi hanuz ochiq qolmoqda. 32 yoshli himoyachining "qaymoqranglilar" bilan bitimi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.
Istanbul klubi esa qishki transfer oynasida aynan shu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. U jamoani kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, Antonio takliflarga ochiq. "Galatasaroy" tez orada taklif bilan futbolchiga bog‘lanishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist