“Galatasaroy” Rafael Leau uchun yangi taklif tayyorlamoqda
Avvalroq “Galatasaroy” futbolchi uchun 35 million yevro taklif qilgani, biroq “Milan” bu taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Foto: Getty Images
“Galatasaroy” “Milan” hujumchisi Rafael Leauni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Jurnalist Sasha Tavolyerining ma’lumotiga ko‘ra, Istanbul klubi 27 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun yaqin soatlarda yangi taklif bilan chiqishi kutilmoqda. Leauning o‘zi ham faoliyatini “Galatasaroy”da davom ettirish variantiga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq “Galatasaroy” futbolchi uchun 35 million yevro taklif qilgani, biroq “Milan” bu taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda Leau barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist