«Galatasaroy» Rafael Leau transferi ustida ishlamoqda
Turkiyaliklar portugaliyalik futbolchiga 10 million yevro maosh taklif qildi.
FOTO: Getty Images
«Milan»ning portugaliyalik hujumchisi Rafael Leau faoliyatini «Galatasaroy»da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda jurnalist Daniele Longo. Avvalroq vinger yozda Italiya klubini tark etishini ma’lum qilgan edi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Turkiya jamoasi futbolchiga yillik 8 million yevro maosh va yana 2 million yevro bonus ko‘zda tutilgan shartnoma taklif qilmoqda. Italiyaliklar esa ushbu transfer uchun taxminan 60 million yevro talab qilishadi.
Ortda qolgan mavsumda 26 yoshli portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist