“Galatasaroy” Petrovich bilan muzokara o'tkazmoqda
Photo: Getty Images
“Chelsi” posboni Jorge Petrovich faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Fanatik xabariga ko'ra, “Galatasaroy” 24 yoshli serbiyalik kiperni sotib olmoqchi.
Avvalroq unga “Sanderlend” klubi ham qiziqish bildirgandi.
Petrovich "Galatasaroy"ga borishni afzal ko'rgan bo'lardi. Ammo jiddiy muammo bor - turk klubi "Chelsi" so'rayotgan narxni qimmat deb hisoblamoqda. Londonliklar darvozabonni sotish orqali 25 million yevro ishlab olmoqchi.
"Chelsi" safida Jorge Petrovich 31 ta o'yinda maydonga tushib, 44 ta gol o'tkazib yuborgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor