«Galatasaroy» «MYU» yarimhimoyachisi bilan muzokaralar olib bordi
Shuningdek, turklar mankunianliklar bilan ham aloqa oʻrnatdi.
FOTO: Getty Images
«Galatasaroy» Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yarimhimoyachisi Manuel Ugarte bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, turk grandi o‘zaro aloqalarni mankunianliklar bilan ham o‘rnatdi. Bu haqda jurnalist Erol Evken X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Galatasaroy» 24 yoshli futbolchi uchun «qizil iblislar»ga qulay taklif taqdim qilgan, ammo hozircha bu kelishuv rassmiylashtirilmagan.
Joriy mavsumda Ugarte barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda maydonga tushgan, ammo gol yoki assist bilan ajralib turmagan.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 30 mln yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist