locale OZ

«Galatasaroy» Mauro Ikardi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaroy» Mauro Ikardi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
FOTO: Getty Images

«Galatasaroy» klubi 32 yoshli argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Istanbul klubi Ikardining jamoada qolishini istamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, rahbariyat qishki transfer oynasida uni qo‘yib yubormaslikka qat’iy bel bog‘lagan.

Ikardi 2023 yilning yozida «PSJ»dan 19 million yevro evaziga «Galatasaroy» safiga koʻchib oʻtgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, tajribali forvardning bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting