«Galatasaroy» Martinellini sotib olishga jiddiy kirishdi
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli "Galatasaroy"ning qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Turkiya klubi ehtimoliy transfer bo‘yicha allaqachon London klubiga so‘rov yuborgan va tomonlar futbolchining taxminiy transfer qiymatini muhokama qilgan.
Londonliklar ayni paytda "Yuventus"dan Kenan Yildiz, "Atletiko"dan Xulian Alvares, "Everton"dan Iliman Ndiaye va "Bornmut"dan Eli Krupi kabi futbolchilarni kuzatmoqda.
Martinellining "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi va klubda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoni mavjud. 25 yoshli futbolchi 2019 yildan beri londonliklar safida to‘p tepib kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 278 ta o‘yinda 62 ta gol va 36 ta golli uzatma qayd etgan.