locale OZ

«Galatasaroy» Mark Kasadoga qiziqish bildirmoqda

«Barselona» yarimhimoyachisi esa ushbu taklifni rad etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaroy» Mark Kasadoga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Galatasaroy» Madridning «Atletiko» klubi bilan bir qatorda «Barselona»ning 22 yoshli yarimhimoyachisi Mark Kasadoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi allaqachon turk grandi safiga o‘tish variantini rad etgan. Kasado qishki transferlar oynasida «ko‘k-anorranglilar» safini tark etishni rejalashtirmayapti.

Ta’kidlanishicha, futbolchining shartnomasida 100 mln yevro miqdoridagi tovon puli bandi mavjud.

Joriy mavsumda Kasado barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting