«Galatasaroy» Leau’ni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
Galatasaroy klubi kelasi mavsum uchun tarkibini sifatli kuchaytirishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
La Gazzetta dello Sport jurnalisti Luka Byankinning xabar berishicha, klub Italiyaning Milan jamoasida to‘p surayotgan 26 yoshli portugaliyalik vinger Rafael Leauga qiziqmoqda.
Manbaga ko‘ra, Galatasaroy portugaliyalik futbolchiga soliqlardan so‘ng yiliga 10 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Ehtimoliy transfer summasi esa 40 million yevrodan 50 million yevrogacha bo‘lishi mumkin.
E’tiborlisi, avvalroq Leauga Turkiyaning boshqa bir klubi – Fenerbahche ham qiziqish bildirgan edi. Hozircha Turkiya klublaridan hech biri Leau masalasida Milan bilan bog‘lanmagan, biroq futbolchining vakillari Yevropaning yetakchi ligalari klublaridan aniq takliflarni kutishmoqda.
Leauning Milan bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 65 million yevroni tashkil qiladi.