locale OZ

«Galatasaroy» Konrad Xarderning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya klubi 21 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 «Galatasaroy»  Konrad Xarderning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda
photo: gettyimages

"Galatasaroy" "RB Leypsig" hujumchisi Konrad Xarderni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya klubi 21 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Mauro Ikardi jamoani tark etganidan keyin "Galatasaroy" yangi markaziy hujumchi izlash ishlarini tezlashtirgan va bir nechta nomzodni ro‘yxatga kiritgan.

Xarder o‘tgan yozda "Sporting"dan "RB Leypsig"ga ko‘chib o‘tgan, ammo Germaniyadagi debyut mavsumi unchalik omadli kechmadi. Daniyalik futbolchi Bundesligada 29 ta o‘yinda 3 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.

Manbaga ko‘ra, Xarder "Galatasaroy"ga o‘tishga qarshi emas. Endi yakuniy qaror "RB Leypsig" rahbariyatiga bog‘liq.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting