locale OZ

«Galatasaroy» ketma-ket to‘rtinchi bor Turkiya chempionligini qo‘lga kiritdi

Superliga yakunlashiga yana bitta tur qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaroy» ketma-ket to‘rtinchi bor Turkiya chempionligini qo‘lga kiritdi
FOTO: Getty Images

«Galatasaroy» Turkiya Superligasining 33-turida «Antalyaspor» ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, ketma-ket to‘rtinchi marta mamlakat chempioniga aylandi. Hal qiluvchi bahs Istanbuldagi «RAMS Park» stadionida bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblar tarkibida yarimhimoyachilar Mario Lemina va Kaan Ayxan o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, hujumchi Viktor Osimhen dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Galatasaroy» ochkolari sonini 77 taga yetkazdi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida jamoa o‘zining eng yaqin ta’qibchisi — «Fenerbaxche»ni to‘rt ochkoga ortda qoldirib, muddatidan oldin chempionlikni naqd qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting