locale OZ

«Galatasaroy» Kamavinga uchun 35 mln yevro taklif qildi

Kamavinganing “Real” bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
«Galatasaroy» Kamavinga uchun 35 mln yevro taklif qildi
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi yarimhimoyachi Eduardo Kamavinga bo‘yicha taklif oldi. Bu haqda FotoMach xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning “Galatasaroy” klubi «qaymoqranglilar»ga 35 million yevro miqdorida taklif yuborgan, biroq Ispaniya grandida bu summa kulgili deb topilgan. Kamavinga "Real"da qolishi kutilmoqda.

Yangi mavsumda 23 yoshli fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining barcha uchta o‘yinida maydonga tushib, hech qanday natija ko‘rsatmadi.

Kamavinganing “Real” bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting