locale OZ

«Galatasaroy» Jedsun Fernandesh va Jon Duran transferi ustida ishlamoqda

Turk klubi ushbu yozda yangi xaridlar uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratgan.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
«Galatasaroy» Jedsun Fernandesh va Jon Duran transferi ustida ishlamoqda
FOTO: Getty Images

Turkiyaning «Galatasaroy» klubi «Spartak» yarimhimoyachisi Jedsun Fernandesh hamda «Zenit»ning sobiq hujumchisi Jon Dyuran nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda HT Spor nashri xabar tarqatdi.

Mandaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, moskvaliklar Jedsun Fernandeshni 25-30 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Qayd etilishicha, «Galatasaroy» rahbariyati bo‘lajak transferlar oynasi uchun umumiy hisobda 100-120 million yevro atrofida mablag‘ ajratgan.

Yakunlangan mavsumda Jedsun Fernandesh barcha turnirlar doirasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali portugaliyalik yarimhimoyachining bozor narxini 16 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «Zenit» kolumbiyalik hujumchi Jon Duranni joriy yilning 9 fevral kuni Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubidan ijaraga olgan edi. Uning ijara shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha amal qildi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting