«Galatasaroy» futbolchisi Bundesliga klubiga o'tdi
Фото: Getty Images
“Union” klubi himoyachi Derrick Ken transferini e'lon qildi.
Futbolchi “Galatasaroy”dan Bundesligaga yo'l oldi. Turkiya klubi uning transferidan 4 million yevro ishlab oldi. Shuningdek, 500 ming yevro miqdorida bonuslar ko'zda tutilganini ma'lum qildi.
Agar futbolchi qayta sotilsa, berlinliklar bu transferdan keladigan umumiy daromadning 20 foizini "Galatasaroy"ga beradi.
Ken o'tgan mavsumni "Verder"da ijara asosida o'tkazdi.
“Galatasaroy” esa himoyani kuchaytirish maqsadida “Manchester City” futbolchisi Manuel Akanji bilan muzokara o'tkazmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist