locale OZ

«Galatasaroy» Ederson uchun qancha taklif qilgani ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaroy» Ederson uchun qancha taklif qilgani ma'lum
Фото: Getty Images

“Galatasaroy” klubi “Manchester Siti” darvozaboni Ederson borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, deya xabar beradi jurnalist va insayder Nikola Skira.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 31 yoshli braziliyalik posbon bo‘yicha hali bir to‘xtamga kelganicha yo‘q. Turkiya klubi Edersonning transferi uchun 10 million yevro taklif qilgan. Biroq “shaharliklar” bu taklifga rozi bo‘lmoqchi emas. Ular “Galatasaroy”dan summani oshirishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ederson 2017 yildan beri “shaharliklar” safida to‘p surmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi bitimi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting