locale OZ

«Galatasaroy» Ederson transferi uchun 3 mln yevro taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaroy» Ederson transferi uchun 3 mln yevro taklif qildi
Photo: Getty Images

"Galatasaroy" klubi "Manchester Siti" darvozaboni Edersonni xarid qilish uchun "shaharliklar"ga rasmiy taklif yubordi.

Fanatic nashrining xabariga ko'ra, turkiyaliklar 31 yoshli braziliyalik posbonni o'z safida ko'rishni istamoqda. "Galatasaroy" "Siti"ga Edersonni o'z safiga qo'shib olish uchun 3 million yevrolik dastlabki taklifni yubordi.

Braziliyalik posbon Edersonni "Siti" 2017 yilda "Benfika"dan 40 million yevro evaziga sotib olgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida o'z nihoyasiga yetadi.

Ma'lumot uchun, Ederson "shaharliklar" safida jami 372 o'yinda maydonga tushib, 168 marta darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting