Galatasaroy Ederson bilan kelishuvga erishdi
Photo: Getty Images
“Manchester City” darvozaboni Ederson faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Yagiz Sabunchiog'li xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub va futbolchi shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.
Hozirda Edersonning transfer summasi borasida muzokaralar davom etmoqda. Agar “Galatasaroy” manchesterliklar bilan kelisha olsa, transfer tez orada amalga oshadi.
Qayd etilishicha, “Galatasaroy” 31 yoshli braziliyalik kiperning transferi uchun 3 million yevro taklif qilgan.
U 2017 yildan beri “shaharliklar” safida to'p surib keladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor