«Galatasaroy» Ederson bilan kelishib oldi
Photo: Getty Images
"Manchester City" darvozaboni Ederson faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli braziliyalik posbon Istanbulning "Galatasaroy" klubi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Endilikda "Galatasaroy" rahbariyati "Manchester City" bilan transfer masalasida muzokaralarni boshlaydi. Bitim qiymati taxminan 10 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ederson 2017 yilda "Benfika"dan "City"ga 40 million yevroga transfer qilingan edi. U o‘tgan mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 53 ta gol o‘tkazib yuborgan va 13 o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlab qolgan. Transfermarkt portali uning qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist