Galatasaroy Donnarummaga taklif bilan chiqdi
Photo: Getty Images
Italiya terma jamoasi va “PSJ” klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Galatasaroy” kiper bo‘yicha taklif bilan chiqqan.
Donnarumma parijliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Qayd etilishicha, Istanbul klubi Donnarummaning hozirgi jamoasi bilan hamkorlikni davom ettirish borasida hali kelishuvga erisha olmaganidan foydalanmoqchi.
Ma’lumot uchun, Donnarumma “Milan” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021 yilning iyul oyida erkin agent sifatida “PSJ” bilan shartnoma imzolagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist