locale OZ

«Galatasaroy» Brunu Fernandeshni nishonga oldi — manba

Turk grandi kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaroy» Brunu Fernandeshni nishonga oldi — manba
FOTO: Getty Images

«Galatasaroy» klubi «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi va sardori Brunu Fernandeshni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Turkiya klubi kelasi mavsumdagi Chempionlar Ligasi o‘yinlari oldidan tarkibni kuchaytirmoqchi. Bu haqda Takvim nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «Galatasaroy» avval ham portugaliyalik xavbekni sotib olishga urinib ko‘rgan edi. Klub rahbariyati yozgi transfer oynasi vaqtida Fernandesh bilan yana aloqaga chiqishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda 31 yoshli yarimhimoyachi barcha turnirlar doirasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fernandeshning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting