«Galatasaroy» Bruno Fernandesga qiziqish bildirmoqda
«Manchester Yunayted»ning hujumkor yarim himoyachisi Bruno Fernandes «Galatasaroy»ning transfer maqsadlari ro‘yxatidan joy olgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Turkiya grandi avvalgi muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng portugaliyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishini yana tiklagan. «Galatasaroy» Fernandesni o‘z safiga qo‘shish uchun muzokaralarga tayyorlanmoqda.
Fernandes xizmatlariga «Milan» va «Yuventus» ham qiziqish bildirmoqda. Biroq har ikki klub ham «Galatasaroy» taklif qilayotgan shartlarni takrorlashga tayyor emas. Shu sababli ayni paytda turkiyaliklarning taklifi 32 yoshli futbolchi uchun eng jozibador variant bo‘lib turibdi.
Fernandes ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» safida barcha turnirlarda 7 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.