locale OZ

«Galatasaray» Ugarteni ijaraga olmoqchi

Uning "Manchester United" bilan shartnomasi 2029 yilning iyunida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaray» Ugarteni ijaraga olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Manchester United" tayanch yarim himoyachisi Manuel Ugarte qishki transferlar davrida jamoani tark etmoqchi. Bu haqda jurnalist Erol Evsan xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Galatasaray" klubi 24 yoshli urugvaylik futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Turk klubi uni ijaraga olishga harakat qiladi. Futbolchi "qizil iblislar"dagi holatidan mamnun emas.

Ugarte joriy mavsumda APL doirasida 10 ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham samarali harakat qilgani yo'q. Uning "Manchester United" bilan shartnomasi 2029 yilning iyunida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting