locale OZ

«Galatasaray» Trossardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaray» Trossardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images

“Arsenal” klubi vingeri Leandro Trossard faoliyatini “Galatasaray”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Transfer News Live xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, belgiya futbolchisining kelajagi hanuz mavhum – uning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.

Turkiya klubi hujumdagi muammolarini 30 yoshli Trossardni xarid qilish orqali hal qilmoqchi.

O‘tgan oyda Leandro Trossarga Turkiyaning yana bir klubi – "Fenerbahche" ham qiziqish bildirayotgandi.

Shuningdek, "Napoli", "Atalanta" va Dortmundning "Borussiya" klublari ham da’vogarlar safida tilga olindi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi 22 mln yevroga teng.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting