locale OZ

«Galatasaray» Morata bilan ijara shartnomasini bekor qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaray» Morata bilan ijara shartnomasini bekor qildi
Photo: Getty Images

“Galatasaray” klubi Alvaro Morata bilan ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shunday qarorga kelishgan.

“Milan” ijara muddatidan oldin yakunlangani uchun turkiyaliklarga 5 million yevro kompensatsiya to‘laydi. Aslida 32 yoshli ispan futbolchisining shartnomasi 2026 yil 20 yanvarga qadar mo‘ljallangandi.

Qayd etilishicha, Morata kelishuv bekor qilinishi uchun taxminan 650 ming yevrodan voz kechgan. “Como” esa futbolchini “Milan”dan sotib olish borasida kelishib olgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Turkiyadagi yarim mavsumlik faoliyatida 12 o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting