locale OZ

G'alaba talab qilindi: BAA rasmiylaridan biri futbolchilar bilan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan uchrashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

BAA terma jamoasi Abu-Dabidagi Muhammad ibn Zoid stadionida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Jamoa 5 iyun kuni bo'lib o'tadigan O'zbekistonga qarshi uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda.

BAA Futbol assotsiatsiyasi prezidenti shayx Hamdon ibn Muborak terma jamoa mashg'ulotiga tashrif buyurib, futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan suhbatlashdi. U jamoaga ishonch bildirib, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.

Shayx Muborak terma jamoadan faqat g'alaba kutilayotganini alohida urg'u berdi. Uning so'zlariga ko'ra, futbolchilar qolgan ikki o'yinda ham zafar quchib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishlari shart.

Ta'kidlash joiz, futbol rasmiylarining terma jamoa mashg'ulotlariga borishi kamdan-kam uchraydi. Ko'plab mutaxassislar bunday tashriflar futbolchilarning diqqatini jamlashiga halaqit berishi mumkinligini aytib o'tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting