locale OZ

Gakpo «Liverpul»dagi kelajagi borasida qaror qabul qildi

Transfermarkt portali hujumchining transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gakpo «Liverpul»dagi kelajagi borasida qaror qabul qildi
ФОТО: Getty images

“Liverpul” hujumchisi Kodi Gakpo katta ehtimol bilan jamoani tark etmaydi. Bu haqda Indykaila News xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Arne Slot iste’fosidan keyin futbolchi klubni tark etmoqchi ekani haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Manbada aytilishicha, niderlandiyalik futbolchi jamoada o‘z o‘rnidan mamnun va yangi bosh murabbiy tayinlanishini kutmoqda.

Futbolchining mersisaydliklar bilan amal qilayotgan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. U 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 52 ta bahsda maydonga tushib, 9 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali hujumchining transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting