locale OZ

Gabriel Martinelli “Al-Hilol”ga o‘tishga yaqin

Kelishuv qiymati 60 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gabriel Martinelli “Al-Hilol”ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

“Arsenal” vingeri Gabriel Martinelli faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubida davom ettirishi mumkin. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan va transfer tez orada amalga oshishi kutilmoqda.

Kelishuv qiymati 60 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Braziliyalik futbolchi “Al-Hilol” bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi va yiliga 20 million yevro maosh olishi mumkin.

Hozircha transfer rasman e’lon qilinmagan, biroq muzokaralarda ishtirok etayotgan barcha tomonlar kelishuv yakunlanishiga ishonch bildirmoqda. Martinellining “Arsenal”dan ketishi London klubining transfer rejalariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Martinelli o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda 11 ta gol urib, 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting